Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ranbir Kapur sevib qoldi!

A A A
Ranbir Kapur sevib qoldi!

Internetni egallab olgan xabarlarga qaraganda, nafaqat oilasining, balki bollivudning ham eng erkatoy aktyori, va nihoyat, o‘ziga munosib qayliq topishga muvaffaq bo‘libdi. Aytishlaricha, Ranbir Kapur sevib qolibdi. Uning qalbini zabt etgan go‘zal esa «Yil talabasi» nomli kartinadagi roli bilan o‘zbek muxlislariga yaxshigina tanish bo‘lgan Aliya Bxattdir.

Xabarlarga qaraganda, juftlik orasidagi munosabat Aliyaning bir jurnalga bergan intervyusidan keyin boshlangan. O‘shanda aktrisa Ranbir Kapur haqida iliq fikrlar bildirib, uni juda maqtagandi.

Juftlik haqidagi mish-mishlar bo‘lsa ularni bir bazmda birga ko‘rishganlaridan so‘ng yanada ko‘payib ketdi.

Shundan keyin ular oralaridagi munosabat haqida ochiq-oydin matbuotga bayon qilishdi. Yaqindagina esa Ranbir oila qurishga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Manba: bollywoodnews.com

Kiritildi: 13:53 22.06.2018. O'qildi: 4002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik