Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ramazonda Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim – Uill Smit

Ramazonda Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim – Uill Smit

Gollivud yulduzi Uill Smit Ramazon oyida Qur’oni Karimni to‘liq o‘qib chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda u Big Time Podcast dasturida ma’lum qildi.

Uill Smit hayotining so‘nggi ikki yili qiyin kechgani, bu esa uni ichki dunyosi haqida fikr yuritishga undaganini ta’kidlagan. Aktyor bu davrda barcha muqaddas kitoblarni, jumladan Qur’onni ham o‘qigan.

“O‘tgan yili Ramazon oyida Qur’onni boshidan oxirigacha o‘qib chiqdim. Menga Qur’ondagi soddalik va ravshanlik yoqdi. Har bir kalom juda aniq va tushunarli qilib, bayon qilingan. U juda go‘zal ohangga va billur kabi soflikka ega”, – dedi aktyor.

Shuningdek, u Qur’onning ma’nosi unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirgan. Taniqli aktyor Qur’onni to‘liq o‘qishdan o‘zingizga nima oldingiz, degan savolga kitobda Muso alayhissalomning necha marta zikr etilganidan hayratda qolgani, buning qiziqarli ekani, payg‘ambarning qissasi va boshidan kechirgan voqealari uni junbushga keltirganini aytgan.

“Oddiyligi meni hayratga soldi... Qur’on oddiy va undagi hamma narsa oynadek ravshan... va uni o‘qib chiqqandan keyin qandaydir tushunmovchilikka borish juda qiyin”, – dedi u intervyuda.

Ma’lumot uchun, Uillard Kerroll Smit II 1968 yilning 25 sentyabrda Filadelfiyada tug‘ilgan. "Qirol Richard" filmidagi Richard Uilyams roli uchun "Eng yaxshi aktyor" nominasiyasida Oskar, “Ekran aktyorlari gildiyasi” va "Oltin globus" mukofotlari, shuningdek, ikkita "Grammy" mukofoti sovrindori hisoblanadi.

2008 yilda Uill Smit “Forbes” talqini bo‘yicha Gollivudning eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab, yiliga 80 million dollar ishlab topishi ma’lum bo‘lgandi.

Kiritildi: 21:33 20.03.2024. O'qildi: 1165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!