Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ramazon kundaligidan: RO‘ZANI ULAB TUTISh MUMKINMI?

Ramazon kundaligidan: RO‘ZANI ULAB TUTISh MUMKINMI?

— Iftorlik qilmasdan ro‘zani ulab tutsam bo‘ladimi?

— Bismillahir Rohmanir Rohim. Ro‘zani ulab tutish shariatimizda makruhdir. Bundan murod ro‘zani iftorsiz yoki saharlik qilmasdan bir necha kun tutaverishdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari shunday ro‘za tutganlari bilan biz ummatlarini undan qaytarganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Sizlar mendek emassizlar. Meni kechasi Parvardigorim to‘ydiradi, chanqog‘imni qondiradi. Sizlar esa toqatingiz yetadigan amallarni qilinglar”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim).

Saharlik qilishda baraka bor. Payg‘ambarimiz ozgina suv bilan bo‘lsada, saharlik qilishga buyurganlar. Abu Said Xudriy roziyallohuu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Saharlik barakadir. Bir qultum suv ichib bo‘lsa ham, uni tark qilmanglar. Zero, Alloh va uning farishtalari saharlik qilguvchilarga salavot ayturlar” (Imom Ahmad rivoyati).

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Kiritildi: 16:48 04.05.2021. O'qildi: 2791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!