Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ramazon kundaligidan: RO‘ZADOR TISh PASTASIDAN FOYDALANSA BO‘LADIMI?

Ramazon kundaligidan: RO‘ZADOR TISh PASTASIDAN FOYDALANSA BO‘LADIMI?

— Ro‘za tutgan odam tishini tish pastasi bilan yuvsa bo‘ladimi?

— Bismillahir Rohmanir Rohim. Ro‘zador kishi tishlarini tozalashda tish pastalaridan foydalanishi makruh sanaladi. Agar pastadan hosil bo‘lgan ko‘piklarni yutib yuborsa, ro‘zasi ochiladi. Chunki pasta bilan tish tozalash biror narsani tatib ko‘rishga o‘xshaydi. Fiqhiy kitoblarimizda bunday deyilgan:

“Ro‘zador biror narsani tatib ko‘rsa, ro‘zani ochuvchi surat va mohiyat topilmagani uchun ro‘za ochilmaydi. Lekin bunday qilish makruh hisoblanadi. Chunki bunda ro‘zani buzuvchi omilga yaqin keltirish bor” (“Hidoya”).

Shunga ko‘ra ko‘pchilik zamonamiz ulamolari ro‘zador holda tish pastasidan foydalanmaslikni balki, uni saharlikdan avval yoki iftordan keyinga qoldirishni tavsiya etadilar. Zero, ibodat masalasida ehtiyotini olish afzal sanaladi.

Qolaversa, Ramazon oyining kunduzlari tishlarni toza saqlash uchun misvokdan foydalanish ham mumkin. Chunki misvok ishlatish bilan ro‘za ochilmaydi. Bunga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador hollarida undan ko‘p marta foydalanganlari dalil bo‘ladi.

Omir ibn Rabiy’a roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador hollarida misvok qilayotganlarini sanab sanog‘iga, hisoblab adog‘iga yeta olmaydigan darajada ko‘p ko‘rganman” (Imom Ahmad rivoyati).

Bunda, milklar qonasa yoki og‘izga suv to‘plansa, yutib yubormaslik shart qilinadi.

Kiritildi: 13:14 10.04.2021. O'qildi: 4289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!