Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rahim Abramov eng badavlat tiktokerlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Rahim Abramov eng badavlat tiktokerlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

“Forbes” nashri TikTok ijtimoiy tarmog‘ining rusiyzabon foydalanuvchilari orasidagi eng mashhur tiktokerlar faoliyatini tahlil qildi va ularning daromadini hisoblab chiqdi.

Reytingdagi birinchi o‘rinni 22 yoshli o‘zbekistonlik Rahim Abramov band etgan. Uning obunachilari soni 9,5 million kishidan ortiq. Rahim tomonidan kuylangan “Fendi” qo‘shig‘i – unga eng ko‘p videorolik suratga olingan tarona sifatida rekord o‘rnatgan. TikTokning 3,4 million nafar foydalanuvchisi “Fendi” qo‘shig‘i bilan video suratga olgan. Rahim Abramov TikTok orqali 10,47 million rubl miqdorida daromad topgan.

Ikkinchi o‘rinni tojikistonlik Dina Sayeva egalladi. Dina ayni vaqtda 21 yoshda, obunachilari soni 16,4 million kishidan ko‘proq. Dina TikTok orqali 4,93 million rubl daromad ko‘rgan.

Reytingdagi uchinchi o‘rinni Aleksey Savko (4,81 million rubl), to‘rtinchi o‘rinni 18 yoshlik Yuliya Gavrilina (3,32 million rubl), beshinchi o‘rinni 18 yoshli Valya Karnaval (3,21 million rubl) band etgan.

Kiritildi: 00:27 19.10.2021. O'qildi: 5115 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!