Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Quyosh energiyasini davlatga sotgan aholiga 6 oyda 8,9 mlrd so‘m to‘lab berildi

Quyosh energiyasini davlatga sotgan aholiga 6 oyda 8,9 mlrd so‘m to‘lab berildi

2023 yil 1 apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 8,9 mlrd so‘m (8,9 mln kVt/soat) davlat byudjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
  • Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.

Ma’lumot uchun, subsidiyani «Soliq» mobil ilovasining «Keshbek» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Kiritildi: 00:42 11.11.2024. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!