Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

“Quvnoqlar va zukkolar —2023” Oliy ligasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

A A A
“Quvnoqlar va zukkolar —2023” Oliy ligasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

17 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda korxona va tashkilotlar yoshlari o‘rtasida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Oliy ligasining final bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Hazil-mutoyiba, shiddat va original chiqishlarga boy bo‘lgan bahs yakunida:

1-o‘ringa — “Agrolayf” va “Adrenalin” jamoalari;

2-o‘ringa — “Patrul” jamoasi;

3-o‘ringa — “Yuristlar” jamoasi loyiq deb topildi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan birga 1 o‘rin uchun Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan 150 million so‘m, 2 o‘rin uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 100 million so‘m va 3 o‘rin uchun Yoshlar ittifoqi tomonidan 75 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlov g‘oliblariga QVZ ko‘chma-kubogi topshirildi.

Tanlovda “Eng quvnoq yigit” va “Eng quvnoq qiz” nominasiyalari bo‘yicha “Agrolayf” jamoasi a’zosi Baxadir Qutlimuratov va “Adrenalin” jamoasidan Madina Rahmatullayevalar ham e’tirof etildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yil QVZ o‘zining 30-mavsumini o‘tkazmoqda. Tadbir so‘ngida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov so‘z olib, barcha QVZ’chi yoshlarni va tashkilotchilarni yubiley bilan muborakbod etib, ularga omad va zafarlar tiladi.

Kiritildi: 14:37 19.12.2023. O'qildi: 1602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!