Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Quvasoyda ko‘mir mahsulotlarini sotib aldangan fuqaro IIBga murojaat qildi

Quvasoyda ko‘mir mahsulotlarini sotib aldangan fuqaro IIBga murojaat qildi

10 iyul kuni S.A. IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 25 iyun kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi bo‘lgan ko‘mir mahsulotlarini 15.778.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarni olib kelib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan ko‘mir mahsulotlarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.M. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 08:59 22.07.2021. O'qildi: 2646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!