Gruziyada bomba tahdidi haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqqach, ikkita saylov uchastkasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda .
«Bomba borligi haqida beshta xabar kelib tushdi. Ularning barchasi yolg‘on bo‘lib chiqdi, biroq Fulton okrugidagi ikkita uchastkada binolarni tekshirish uchun evakuasiya qilish zarurati tufayli ishni yarim soatga to‘xtatishga to‘g‘ri keldi», — deyiladi telekanal xabarida.
Ma’lum qilinishicha, hozirda har ikkala saylov uchastkasi ham odatdagidek ishlamoqda. Shuningdek, ushbu ovoz berish punktlarining ish vaqti har kim o‘z ovozini bera olishi uchun uzaytirilishi mumkinligi qayd etilgan.