Bu haqda AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog ma’lum qildi.
Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi chiqishida Kellog shuningdek, muzokaralar stolida Ukraina bo‘lishini, lekin Yevropa qatnashmasligini ta’kidladi.
Kellogning boshqa bayonotlari:
◾️ Hozircha tinchlik muzokaralari qanday bo‘lishini aniq aytish qiyin;
◾️ O‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik shartnomasi Ukraina uchun katta yutuq bo‘lmasligi mumkin;
◾️ Kelishuvning muvaffaqiyati o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin u birinchi bor buzilganda, barcha tomonlar bunga qanday javob berishiga qarab aniqlanadi;
◾️ Tramp AQShning manfaatlaridan voz kechmaydi;
◾️ Trampning asosiy maqsadi urushni butunlay to‘xtatish va Ukrainani suveren hamda xavfsiz davlatga aylantirish;
◾️ Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari AQShning Vyetnam va Koreya urushlaridagi yo‘qotishlaridan uch baravar ko‘p. Tramp buni to‘xtatmoqchi;
◾️ Rossiya bilan muzokalralarga Stiv Uitkoff mas’ul. Ukraina va Yevropa bilan muzokaralar meni zimmamda. Bu yondashuv tezkor qaror qabul qilish uchun tanlangan;
◾️ Ukraina va Rossiya tezroq o‘t ochishni to‘xtatishga qaror qilishlari kerak;
◾️ Qo‘shma Shtatlar Ukrainani moliyalashtirishda davom etadi, ammo odamlarning qurbon bo‘lishiga chek qo‘yish kerak.