Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qo‘shma Shtatlar Abrams X prototipini taqdim etdi

Qo‘shma Shtatlar Abrams X prototipini taqdim etdi

Qo‘shma Shtatlar o‘zining dastlabki Abrams X prototipini qabul qilib oldi. U avvalgi modellardan bir necha faktorlarga ko‘ra farqlanadi. Masalan, yangi tankning ekipaji uch kishilik – snaryadlarni avtomatik mexanizm yuklaydi.

Qolaversa, modulli zirh takomillashtirilib, ma’lumotlarni qayta ishlashda sun’iy idrokdan foydalanilgan. Shuningdek, tankka qarshi raketalar va RPG snaryadlaridan himoyalanish uchun faol himoya tizimi o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, gibrid-elektr harakatlanish tizimi uzoq masofaga nisbatan kam shovqin bilan borish, qolaversa yoqilg‘ini 50 foizga tejash imkonini beradi. Abrams X 120 mm kalibrli snaryadlarni qo‘llaydi.

Kiritildi: 20:41 17.12.2025. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!