Qo‘shfamiliyaga ega bo‘lganlar farzandli bo‘lgandan keyin farzandiga familiya berish tartibi qanday bo‘ladi? Bu masalaga Davlat xizmatlari agentligi ma’lumot berdi.
"Oila kodeksining 69-moddasiga asosan bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi.
Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin", deyiladi ma’lumotda.