Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qur’oni karimni telefon orqali tinglash mumkin emas?

A A A
Qur’oni karimni telefon orqali  tinglash mumkin emas?

Qur’oni karimni telefon yoki shunga o‘xshash biror vosita orqali tinglash joiz amal bo‘lib, savobli amal sanaladi. Faqat uning o‘ziga yarasha odoblariga rioya qilinishi shart.

Alloh taolo Qur’oni karimning A’rof surasida:

وَإِذَا قُرِئَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَأَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ

“Qur’on o‘qilganda unga quloq tuting va jim bo‘ling. shunda rahm qilinursiz”, degan (204-oyati).

Mazkur oyati karimaga ko‘ra Ulamolar Qur’on tilovat qilinganda tinglash va jim turish vojib ekaniga ittifoq qilganlar. Shuning uchun biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib, Qur’on eshitish joiz emas. Qur’oni karimni tinglash qalbga shifo bo‘lib, insonni toat-ibodat va taqvoga boshlaydi. Natijada banda Alloh taoloning rahmat va mag‘firatiga erishadi. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Alloh taoloning kitobidan bir oyat tinglasa, unga bitta savob ko‘paytirilib beriladi. Kim Qur’on tilovat qilsa, unga qiyomat kuni nur bo‘ladi”, dedilar” (Imom Ahmad rivoyati).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
fatvo hay’ati. @diniysavollar

Kiritildi: 04:00 05.10.2020. O'qildi: 8852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!