O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga general-mayor Fidoy Xuseyn Malik boshchiligidagi Pokiston Islom Respublikasi harbiy delegasiyasi tashrif buyurdi.
Akademiya bo‘ylab ekskursiya davomida mehmonlar kursantlarning o‘qish jarayoni, kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar va akademiya muzeyini ko‘rdilar. Delegasiya a’zolarida akademiyaning axborot-resurs markazi va Pokiston Islom Respublikasi Mudofaa vazirligiga bag‘ishlab tashkil etilgan maxsus o‘quv sinfi alohida qiziqish uyg‘otdi.
Tashrif davomida harbiy delegasiya vakillari akademiya professor- o‘qituvchilari tarkibi ishtirokida «Davlatlar va Qurolli Kuchlar axborot xavfsizligi» mavzusida seminar mashg‘ulot o‘tkazdilar.
Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida harbiy va boshqa sohalarda mustahkam hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti