Turkiyaning Shanliurfa shahrida qurilish maydonchasida beton quyish vaqtida konstruksiya qulab tushdi.
Haber Global xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida besh nafar ishchi vayronalar ostida qolgan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar, polisiya va shifokorlar jalb qilingan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, biroq ularning ikki nafari qutqarib qolinmagan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.