Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Qo‘ng‘irot — Miskin — Qo‘ng‘irot” yo‘nalishida shaharlararo yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

“Qo‘ng‘irot — Miskin — Qo‘ng‘irot” yo‘nalishida shaharlararo yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Miskin, To‘rtko‘l, Ellikqal’a tumanlari aholisiga yanada ko‘proq temir yo‘l xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, 2022 yil 10 avgust kunidan boshlab 2 ta vagondan iborat shaharlararo yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu vagonlar 54/5Z-sonli “Toshkent — Qo‘ng‘irot Toshkent” yo‘lovchi poyezdi harakatlanadigan kunlari 35, 36-umumiy tartib raqam bilan poyezd tarkibida harakatlanadi.

Jumladan, 2022 yilning 10 avgust kunidan boshlab 53-sonli “Qo‘ng‘irot — Toshkent” yo‘lovchi poyezdining oxirgi qismiga vagonlar ulanadi va Qo‘ng‘irot bekatidan Miskin bekatigacha harakatlanadi va shu kuni Miskin bekatida uziladi.

2022 yilning 11 avgust kunidan boshlab esa 54-sonli “Toshkent — Qo‘ng‘irot” yo‘lovchi poyezdining oxirgi qismiga vagonlar ulanib, Miskin bekatidan Qo‘ng‘irot bekatigacha harakatlanadi. 

Kiritildi: 17:51 10.08.2022. O'qildi: 2053 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!