Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida YTHda halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida YTHda halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlari Vatanga olib kelindi

22 avgust kuni Qizilo‘rda shahridan o‘tuvchi Shimkent–Samara avtomobil yo‘lining Aqsay hududida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa haydovchining rul boshqaruvida uxlab qolishi natijasida yuk avtomobili bilan to‘qnashishi sababli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migrasiya agentligi bilan hamkorlikda halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini Vatanga tezkor qaytarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rdi.

Jumladan, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish hamda halok bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlarini doimiy yashash joyi – Toshkent viloyatining Bekobod shahriga o‘z vaqtida yetkazish masalasi Qozog‘istonning vakolatli idoralari bilan tezkorlik bilan hal etildi.

Kiritildi: 17:53 25.08.2026. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!