"Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 2024 yil 24 iyun kuni Minskda bergan bayonotiga ko‘ra, BRIKSga yangi a’zolarni qabul qilishni to‘xtatishga qaror qilingan. Shu munosabat bilan Qozog‘istonning tashkilotga qo‘shilish muddati haqidagi savol ochiqligicha qolmoqda. Bu masala ishtirokchi davlatlar o‘rtasida konsensus mavjudligiga bog‘liqdir", deya ma’lum qildi tashqi siyosat bo‘limi.
Qozog‘istonning BRIKSga a’zo bo‘lish istagi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan "BRIKS+"ning 15-sammiti ishtirokchilariga murojaatida bildirilgan edi.
"BRIKS Qozog‘iston uchun birinchi navbatda iqtisodiy, savdo va sarmoyaviy manfaatlarga ega. Qozog‘iston eksportni diversifikasiya qilish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘lga kiritish va transport-logistika tashabbuslarini ilgari surishdan manfaatdor", deyiladi TIV xabarida.