Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonlik o‘qituvchilarga ChatGPT’ning pullik modellaridan bepul foydalanish imkoni beriladi

Qozog‘istonlik o‘qituvchilarga ChatGPT’ning pullik modellaridan bepul foydalanish imkoni beriladi

📍 Qozog‘iston Respublikasi Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakat hukumati OpenAI kompaniyasi bilan ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tasdiqlangan.

🔴 Memorandumning asosiy bandlari:
– Qozog‘istonlik o‘qituvchilarga uch yil davomida har yili kamida 165 mingta ChatGPT Edu lisenziyasi taqdim etiladi.
ChatGPT’ning maxsus Edu versiyasi ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u sun’iy intellekt yordamida o‘qitish jarayonini optimallashtirish va o‘quvchilarning ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi.
– Ushbu tashabbus ta’limda innovasion yondashuvlarni rivojlantirish, ma’muriy yukni kamaytirish va o‘qituvchilar vaqtini samarali taqsimlashga qaratilgan.

🔴 OpenAI vakili Kevin Millsning fikri:
“Dunyo bo‘ylab o‘qituvchilar allaqachon ma’muriy vazifalarni kamaytirish hamda o‘quvchilarning o‘qish va rivojlanishiga ko‘proq vaqt ajratish uchun sun’iy intellektdan foydalanmoqdalar.
Qozog‘iston hukumati bilan tuzilgan kelishuv mahalliy o‘qituvchilarga ChatGPT’dan samarali foydalanish va uning afzalliklarini butun mamlakat ta’lim tizimiga joriy etish imkonini beradi,” — dedi OpenAI’ning ta’lim va hukumat dasturlari bo‘yicha rahbari Kevin Mills.

Kiritildi: 18:02 07.11.2025. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!