Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Dimash Qudaybergen dunyoning ijtimoiy tarmoqlarda eng mashhur 10 xonandasi qatoridan joy oldi, deya xabar beradi Kazinform san’atkorning muxlislar klubiga tayanib.
Noyabr oyida Amerikaning NetBase Quid mustaqil tadqiqot kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda ismlari tez-tez tilga olinadigan dunyoga mashhur qo‘shiqchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ushbu tashkilotning tadqiqotlari Internet foydalanuvchilarini tahlil qilish va baholashga asoslangan. Unga ko‘ra, Dimash Qudaybergen dunyodagi eng mashhur qo‘shiqchilar ro‘yxatida 9-o‘rinni egalladi.
Birinchi o‘rinda amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift, ikkinchi o‘rinda koreyalik BTS guruhi a’zosi JIN va uchinchi o‘rinda yana janubiy koreyalik qo‘shiqchi Lisa (Blackpink guruhining sobiq a’zosi) joylashgan.
Shuningdek, ushbu reytingdan Adele, Jastin Biber va Ariana Grande kabi taniqli san’at yulduzlari ham joy olgan.