Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonlik yengil atletikachilar nega O‘zbekistondagi turnirdan chetlatildi?

Qozog‘istonlik yengil atletikachilar nega O‘zbekistondagi turnirdan chetlatildi?

15 may kuni Toshkentda yengil atletika bo‘yicha UNG Meeting xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Sportnews.kz nashrining xabariga ko‘ra, musobaqaning disk uloqtirish yo‘nalishida ishtirok etishi kerak bo‘lgan ikki qozoq sportchisi — Yevgeniy Labutov va Yevgeniy Milovaskiy bellashuvda qatnasha olishmadi.

Qozog‘iston yengil atletika federasiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sportchilar belgilangan vaqtda ro‘yxatdan o‘tmagani sababli bellashuvlardan chetlatilgan. Ya’ni ular ro‘yxatdan o‘tish vaqtiga kech qolgan.

Bunday qat’iy reglamentga amal qilinishi musobaqaning World Athletics (Jahon yengil atletika federasiyasi) kuzatuvchilari nazorati ostida o‘tkazilayotgani bilan izohlanmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining stadionida o‘tgan UNG Meeting Continental turniri Xalqaro yengil atletika federasiyasining taqvimidan o‘rin olgan bronza darajasidagi turnir bo‘lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa bir kunga mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik yengil atletikachilar 13 ta oltin, 10 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Kiritildi: 10:20 19.05.2025. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!