Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi mamlakatga eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyurishini ma’lum qildi va bu bo‘yicha statistik ma’lumot keltirdi. Bu haqda Qozog‘istonning Tengrinews agentligiga tayanib, Daryo nashri xabar qildi.
Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvaridan 10 mayiga qadar Qozog‘iston hududiga quyidagi fuqarolar kirib kelgan:
2023 yilning shu davriga nisbatan tashrif buyurishlar o‘rtacha 6,5 foizga oshgan. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari xizmat ko‘rsatishda yetakchilik qilmoqda.