Neft mahsulotlari kontrabandasi yo‘lga qo‘yilgan tunnel yo‘q qilindi. Shuningdek, Qozog‘istonning Turkiston viloyatida jinoiy guruh faoliyati ham tugatildi.
Prokuraturaning ma’lum qilishicha, ushbu noqonuniy faoliyat ikki oyga yaqin davom etgan. Bundan tashqari, noqonuniy olib chiqilayotgan yoqilg‘i uchun O‘zbekistondan pul o‘tkazish sxemasi ham aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, barcha gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlangan, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.
Qayd etilishicha, ushbu transmilliy jinoiy guruh a’zolari Qozog‘iston hududida ham, O‘zbekiston hududida ham qo‘lga olingan.