Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istondagi bir qator OTMlar lisenziyasining amal qilishi to‘xtatib qo‘yildi

A A A
Qozog‘istondagi bir qator OTMlar lisenziyasining amal qilishi to‘xtatib qo‘yildi

Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi bir necha universitetlarning o‘quv faoliyati uchun lisenziyasini to‘xtatilgani haqida xabar berdi. Buning sababi bir qator universitetlarni qayta tekshirishda ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan.

«Olmaota» universiteti, «Kaynar» Akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti, «Silkway» Xalqaro universiteti tomonidan o‘tkazilgan takroriy tekshiruv natijalari bo‘yicha yana ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi Ta’lim va fan sohasida sifatni ta’minlash qo‘mitasi tomonidan «Olmaota» universiteti, «Kaynar» Akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti lisenziyasi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatilgan.

Shuningdek, «Kaynar» Akademiyasi va «Silkway» xalqaro universitetining tekshirish natijalari ustidan shikoyat bo‘lganligi sabab, tekshirish natijalari sudda ko‘rib chiqilayotgani aytilgan. Sud jarayonlari yakunlangach, tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, M.X.Dulati nomidagi Taraz hududiy universitetida «huquq» (bakalavr) yo‘nalishi bo‘yicha lisenziya ilovasi amal qilishi to‘xtatilgan.

Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi abituriyentlarga qonunchilikka muvofiq ta’lim faoliyati uchun lisenziya amal qilishi to‘xtatilgan taqdirda, OTM 2020-2021 o‘quv yili uchun qabulni amalga oshira olmasligiga e’tibor qaratishni so‘ragan.

Kiritildi: 15:20 30.08.2020. O'qildi: 2690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!