Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi mumkin

 Qozog‘istonda "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi mumkin

Qozog‘istonda Majlisning (parlament) “Xalq partiyasi” fraksiyasi deputatlari “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarur deb hisoblamoqda. Bu haqda kecha, 12 fevral kuni deputat Irina Smirnova palataning yalpi majlisida Bosh vazir nomiga yo‘llangan deputatlik so‘rovida ma’lum qildi.

Smirnova o‘tgan yalpi majlisda deputatlar Qozog‘istondagi USAID faoliyati bo‘yicha ham so‘rov yo‘llaganini eslatib o‘tdi. Smirnovaning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda taxminan 200 nodavlat tashkilot chet eldan moliyalashtiriladi, ularning 70 foizi turli manbalar orqali AQShdan mablag‘ olgan. U dunyoda shunga o‘xshash muammolarga duch kelgan davlatlar bunga xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilish orqali qarshi turganini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Serbiyada ham aynan "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi. Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham “Ayrim qonun hujjatlariga (“Notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonun va Jinoyat kodeksiga (xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi)” o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan edi. Rossiya va Gruziyada esa bu qonun allaqachon kuchga kirib bo‘lgan.

Kiritildi: 01:05 16.02.2025. O'qildi: 1240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!