To‘qayev Qozog‘istonda vise-prezident lavozimini joriy etishni taklif qildi.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda parlament islohotini boshlamoqda. Islohot doirasida Qozog‘iston parlamenti ikki palatadan bir palataga aylantiriladi va Qurultoy deb nomlanadi. Unda 145 ta deputatlik o‘rni bo‘ladi.
Bundan tashqari, Qozog‘istonda vise-prezident lavozimi joriy qilinadi. Uni prezident parlament roziligi bilan tayinlaydi.
Qozog‘iston fuqarolari ushbu konstitusiyaviy o‘zgarishlar uchun shu yil bahorda bo‘lib o‘tadigan referendumda ovoz berishlari kerak bo‘ladi.