Qozog‘iston Milliy agrar universiteti negizida Toshkentdagi universitetning filiali ochiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti rektori Janseit Tuimebayev Qozog‘iston universitetlarni xalqarolashtirish strategiyasini amalga oshirayotganini aytgan. U, shuningdek, Qozog‘iston Milliy agrar universiteti negizida Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining filiali ochilayotganini qayd etgan.
“Qozog‘iston universitetlarni xalqarolashtirish strategiyasini amalga oshirmoqda. Bu global ta’lim makoniga integrasiyalashuv jarayonida mahalliy oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligi va malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshiradi.
Markaziy Osiyo oliy ta’lim xabiga aylanishi shart va lozim. Markaziy Osiyo universitetlari murakkab geosiyosiy vaziyatga qaramay, milliy manfaatlar va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, birdamlik va hamjihatlikni saqlashi zarur. Biz xalqlarimiz manfaati va farovonligi yo‘lida olg‘a intilish uchun birga bo‘lishimiz va birgalikda harakat qilishimiz kerak”, — deydi u.