Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda terrorizm uchun o‘lim jazosi bekor qilindi

Qozog‘istonda terrorizm uchun o‘lim jazosi bekor qilindi

Qozog‘iston parlamenti urush davrida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan fuqarolarga o‘lim jazosini qo‘llashni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksiga tuzatishni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda bugun, 13 oktyabr kuni Orda.kz portali xabar bermoqda. O‘lim jazosi Jinoyat kodeksining to‘rt moddasida qoldirilgan.

«Bularga amaldagi Jinoyat kodeksiga binoan, agressiv urush ochish, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlatish, harbiy asirlarni va tinch fuqarolarni o‘ldirish, urush qoidalarining buzilishi, shuningdek urush paytida sodir etilgan genosid kiradi», degan Bosh prokuror o‘rinbosari Aset Shindaliyev.

Bu davlat va fuqarolarning himoyasini zaiflashtiradimi, degan savolga amaldor, o‘lim jazosi bilan terrorchini to‘xtatish mumkin emas, deb javob bergan.

«Terakt sodir etganda, u o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yadi. Shuning uchun davlat tomonidan kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Terrorizmga qarshi kurash dasturi qabul qilindi, tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bu jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qoladi - bu juda og‘ir jazo. Bunday jinoyatlar qotillik uchun o‘lim jazosi bekor qilinganidan keyin 2-3 barobar ko‘p bo‘lgan», degan Bosh prokuror o‘rinbosari.

2003 yilda Qozog‘iston Prezidenti muddatsiz moratoriyni joriy etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi, u o‘lim jazosini to‘liq bekor qilish masalasi hal bo‘lgunga qadar amal qiladi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan ikkinchi ixtiyoriy protokoli Qozog‘iston tomonidan 2021 yil 2 yanvarda ratifikasiya qilingan.

Kiritildi: 22:25 13.10.2021. O'qildi: 2416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!