Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda Sardoba toshqinidan aziyat chekkan oilalarga 41000 dollardan kompensasiya to‘lanmoqda

Qozog‘istonda Sardoba toshqinidan aziyat chekkan oilalarga 41000 dollardan kompensasiya to‘lanmoqda

Qozog‘istonning Maqtaaral tumanida Sardoba toshqindan aziyat chekkanlarga kompensasiya to‘lash boshlandi. Bu haqda «Turkiston» ijtimoiy tadbirkorlik korporasiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda «Turkiston» ITK qoshidagi Turkiston Ijtimoiy rivojlanish korporativ jamg‘armasi buzilgan uylarni qayta tiklash uchun kompensasiya dasturini amalga oshirmoqda.

Dastur har bir oilaga uchta yirik transh orqali 17 million tanga (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan 2020 yil 22 maydagi rasmiy kursga ko‘ra, 409 million 700 ming so‘m) miqdorida tovon to‘lashni ko‘zda tutadi.

«Hozirgacha 19 oila 8,5 mln tanga (umumiy miqdorning 50%) miqdorida birinchi transhni olishdi. Qolgan qismi 25%dan uy-joy qurilishi paytida 2 transh orqali to‘lanadi. Bundan tashqari, tuman hokimligi buzilgan uy-joylarni hisoblashda va aholiga kompensasiya to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plashda yordam bermoqda», - deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, buzilgan uylar soni 200 dan oshadi.

Kiritildi: 09:00 23.05.2020. O'qildi: 4619 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!