Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda qancha xorijiy fuqarolar ishlayotgani ma’lum qilindi

A A A
Qozog‘istonda qancha xorijiy fuqarolar ishlayotgani ma’lum qilindi

2022 yil 1 iyun holatida Qozog‘istonda jami 16 ming 424 xorijlik fuqarolar mahalliy ijro orgonlari ruxsati bilan mehnat faoliyatini olib bormoqda.

«Kazinform» xalqaro axborot agentligi Mehnat vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga tayanib ushbu xabarni tarqatdi.

Mehnatga jalb qilingan xorijiy mamlakatlar ishchilarning birinchi toifasi rahbarlar va rahbar o‘rinbosarlari, ikkinchi toifa tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlari. Xorijiy ishchilarning asosiy qismi, ya’ni uchinchi toifadagilar mutaxassislar, to‘rtinchi toifa malakali ishchilar hisoblanadi. Shuningdek, mavsumiy ishlarga xorijdan 1 ming 506 kishi jalb qilingan.

Ayni damda Qozog‘istonda 1 ming 762 ta ish beruvchi bor. Ularda 398 ming qozog‘istonlik mehnat qiladi. Bu jami ishchilar sonining 96 foizini tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Qozog‘istonda ishlayotgan mehnat migrantlarining eng ko‘pi Xitoydan kelgan, ikkinchi o‘rinda Turkiya fuqarolari. Mehnat migrantlari ko‘pligi bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi hamda Hindiston bilan Buyuk Britaniya to‘rtinchi va beshinchi o‘rinni egallaydi.

Kiritildi: 16:20 24.06.2022. O'qildi: 1806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!