Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda harbiy dron qulab tushdi

Qozog‘istonda harbiy dron qulab tushdi

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi mamlakat janubida harbiy uchuvchisiz uchish apparati (dron) qulab tushgani haqida xabar berdi. Bu haqda Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari xabar qilmoqda.

«2 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Qurolli kuchlari Havo hujumidan mudofaa kuchlariga qarashli uchuvchisiz uchish apparatining rejaviy o‘quv-mashg‘ulot parvozi chog‘ida Jambil viloyati Talas tumani hududiga nostandart qo‘nish holati yuz berdi», — deyiladi xabarda.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar va vayronagarchiliklar yo‘q.

Hodisaga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Yuz bergan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun voqea joyiga maxsus komissiya yuborildi. Ayni paytda qulash hududini tekshirish va hodisa sabablarini aniqlash chora-tadbirlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:18. O'qildi: 230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!