Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda ham aholi orasida cho‘chqa grippi tarqalmoqda

A A A
Qozog‘istonda ham aholi orasida cho‘chqa grippi tarqalmoqda

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Azhar Giniyat mamlakatda cho‘chqa grippi tarqalayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Respublikada grippning uch turi, jumladan, ro‘yxatga olingan cho‘chqa grippi ham tarqalmoqda.

«Qozog‘istonda H1N1 cho‘chqa grippi qayd etilgan. Adenovirus ham ro‘yxatga olingan. Viruslar bir-biri bilan aralashib, miks-infeksiyani hosil qilmoqda. Mamlakatda superinfeksiya ham kuzatilmoqda», — deydi Giniyat.

Vazir mamlakatda koronavirusning «omikron» shtammi ham aylanib yurganini qo‘shimcha qilgan.

"Omikron"ning bir necha turlari mavjud, chunki virus o‘zgarishga uchramoqda. U atrof-muhitda ham saqlanib qoladi. Mamlakatimizda esa ‘Serber’ varianti tarqalmoqda", — deydi rasmiy.

Giniyatning ta’kidlashicha, grippga qarshi emlanish viruslardan himoyalanishga yordam beradi. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari oktyabrda grippga qarshi emlangan. Bundan tashqari, u hamma joyda niqob taqishga harakat qiladi.

Kiritildi: 23:55 21.12.2022. O'qildi: 3096 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!