Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda elektr energiyasidagi avariya yuzasidan maxsus komissiya tuzildi

Qozog‘istonda elektr energiyasidagi avariya yuzasidan maxsus komissiya tuzildi

Qozog‘istonda hududlardagi elektr energiyasidagi uzilishlar sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzildi.

Mamlakatning janubiy viloyatlarida elektr energiyasining uzilib qolishi tufayli, energiya tizimidagi avariya sabablarini o‘rganish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilganligi haqida energetika vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Seshanba kuni Olma-Ota, Jambul, Turkiston, Qizil-O‘rda viloyatlari va Shimkent shaharlari elektr energiya tizimida avariya sodir bo‘lganligi uchun elektrsiz qoldi. O‘sha kunning o‘zida Qozog‘istonning Janubiy zonasining barcha viloyatlaridagi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash qayta tiklandi.

"KEGOC" AJ (Davlat elektr tarmoqlarini boshqarish korxonasi – tahr.) elektr tarmoqlarida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlarga olib kelgan texnologik uzilishlar yuzaga kelishi buning sababi, shartlarini xolis va har tomonlama aniqlashtirish maqsadida janubiy viloyatlarda Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri o‘rinbosari boshchiligida maxsus komissiya tuzildi", - deyiladi vazirlikning matbuot xizmati tarqatgan rasmiy bayonotda.

Kiritildi: 21:27 26.01.2022. O'qildi: 2324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!