Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkasiya qilish jarayoni yakunlandi

A A A
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkasiya qilish jarayoni yakunlandi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkasiya qilish jarayoni yakunlandi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform.

«2023 yil 4 iyulda Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkasiya qilish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi. Bitim 2022 yil 2 dekabrda Toshkent shahrida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan va ikki davlat parlamentlari tomonidan ratifikasiya qilingan. Mazkur kelishuvning kuchga kirishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkasiya qilish bo‘yicha 19 yillik jarayon to‘liq yakunlanganini anglatadi», – dedi Aybek Smadiyarov brifingda.

Uzunligi 2357 km bo‘lgan chegara 1301 ta chegara belgisi bilan belgilangan va sakkiz ming sahifadan ortiq bir demarkasiya hujjatida aks ettirilgan.

Kiritildi: 17:40 10.07.2023. O'qildi: 2651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!