Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston prezidenti Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan ko‘rsatmalar berdi

Qozog‘iston prezidenti Ukraina atrofida vaziyat keskinlashgani munosabati bilan ko‘rsatmalar berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bosh vazir, Prezident ma’muriyati va barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlariga, shuningdek, hokimlarga yaqin atrofdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan muhim harbiy va fuqarolik ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishni topshirdi, deya xabar qildi prezident maslahatchisi va matbuot kotibi Berik Uali.

Qozog‘iston parlamenti palatalari raislariga ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Mamlakatdagi vaziyat prezidentning shaxsiy nazorati ostida ekani qayd etildi.

“Davlatimiz uchun barqarorlik, osoyishtalik, qonun va tartibni saqlash asosiy strategik maqsaddir. Qozog‘iston bir necha bor ikki slavyan xalqi o‘rtasidagi adovatni to‘xtatish masalasini muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori bo‘lgan”, - deya ta’kidladi Uali.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan sharoitda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga e’tibor yanada kuchaytirilishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 21:00 22.11.2024. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!