Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘iston janubiga Marokash chigirtkalari kirib keldi

Qozog‘iston janubiga Marokash chigirtkalari kirib keldi

Qozog‘iston janubida Marokash chigirtkalari tarqalishi mumkin bo‘lgan birinchi o‘choqlari aniqlandi va dorilar bilan qayta ishlov berilib, yo‘q qilindi, deb xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Avval xabar qilinganidek, 2020 yilda respublikada 824 ming gektar maydonda to‘dali chigirtka va to‘dalanmaydigan zararkunanda chigirtkalarning tarqalishi kutilmoqda.

Ushbu prognozlarga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘tgan yildan boshlab qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi tadbirlarga keng ko‘lamli tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, respublika va mahalliy byudjetlardan 1,5 milliard tanga ajratildi, buning uchun pestisidlarning turli guruhlari uchun preparatlar sotib olindi, shuningdek, prognoz qilinayotgan hudud uchun kimyoviy tozalash xizmatlari ko‘rsatildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislarining ta’kidlashicha, GPS navigatorlari va trekerlar yordamida, butun respublika bo‘yicha zararkunanda chigirtkalar o‘choqlarini qidirish uchun 40 million gektar maydonni o‘rganish rejalashtirilgan.

Birinchi himoya choralari respublikaning janubiy hududlarida 10 aprel kuni boshlangan. Turkiston va Jambil viloyatlarida 143 ming gektar maydonda Marokash chigirtkasi topildi. Bugungi kunga qadar ular yashaydigan hududning 67% dan ortig‘iga ishlov berilgan.

Boshqa hududlarda zararkunanda chigirtkalarning tarqalishi aniqlanishiga qarab, keyinchalik kimyoviy ishlov berish boshlanadi. Qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda qo‘shma tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bu haqda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiya, Xitoy va O‘zbekistondagi hamkasblari bilan oldindan kelishib oldi.

Kiritildi: 10:40 23.05.2020. O'qildi: 6179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!