Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston "Drujba" neft quvuri orqali Germaniyaga neft yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor - Toqayev

Qozog‘iston "Drujba" neft quvuri orqali Germaniyaga neft yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor - Toqayev

Qosim-Jo‘mart Toqayev Olaf Shols bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qozog‘iston "Drujba" neft quvuri orqali Germaniyaga neft yetkazib berish hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Toqayev Ostona Moskvaga qarshi sanksiyalar rejimiga amal qilishini qo‘shimcha qildi.

"Qozog‘iston Rossiyaga nisbatan sanksiyalar rejimiga amal qiladi. Sanksiyalar rejimiga rioya qilish uchun tegishli tashkilotlar bilan aloqalarimiz bor. Berlin tomonida sanksiyalar rejimini chetlab o‘tishga qaratilgan mumkin bo‘lgan harakatlar yuzasidan xavotir bo‘lmasligi kerak", — deb ta’kidladi Qozog‘iston Prezidenti Germaniya kansleri bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 23:14 28.09.2023. O'qildi: 1960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!