Qozog‘iston Aqtau yaqinida qulagan samolyotning qora qutilarini Braziliyaning Havo hodisalarini tekshirish va oldini olish markaziga (CENIPA) topshiradi.
Bu haqda Qozog‘iston Transport vazirligi matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Bayonotda qora qutilarning Chikago konvensiyasining 13-ilovasiga muvofiq Embraer samolyoti ishlab chiqarilgan mamlakat bo‘lgan Braziliyaga yuborilishi ta’kidlandi.
CENIPA barcha zarur texnik vositalar, zamonaviy jihozlar va parvoz yozuvchilaridan ma’lumotlarni muvaffaqiyatli o‘qish uchun sertifikatlangan laboratoriyaga ega.
"Bu masala davlat rahbarining shaxsiy nazoratida", — deyiladi xabarda.