Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpoq Davlat universitetiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Qoraqalpoq Davlat universitetiga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda,  fuqaro I.J., J.X. va D.X.lar oldindan til biriktirib, fuqaro D.ni Qoraqalpoq Davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollari qiymatida 3 000 AQSh dollari va 20 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:33 11.05.2021. O'qildi: 1760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!