Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda o‘z farzandlarini ayamay do‘pposlab kelgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda o‘z farzandlarini ayamay do‘pposlab kelgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

IIV ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum ayol farzandlariga ozor berayotgani aks etgan videolavha yuzasidan axborot berdi.

"Ma’lum qilamizki, joriy yilning 29 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil iyul oylaridan boshlab turmush o‘rtog‘i bo‘lgan X.F. bilan o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilik sababli, X.F. o‘zining ikki nafar voyaga yetmagan qizlarini urib, ularga azob berib kelayotganligini, shu sababli X.F.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Shu bilan birga, joriy yilning 9 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirda, fuqaro X.F. tomonidan o‘zining voyaga yetmagan farzandlari 2017 y.t. X.SH.ni hamda 2019 y.t. X.A.ni har xil so‘zlar bilan haqoratlab, ularning ojiz ahvoldaligini bila turib, do‘pposlayotganligi tasvirlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi X.F.ga nisbatan prosessual cheklov chora belgilash masalasi ko‘rilmoqda".

Kiritildi: 10:54 10.04.2022. O'qildi: 3226 marta. Fikrlar soni: 13 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!