Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi topildi

Qoraqalpog‘istonda piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi topildi

Joriy yilning 30 iyun kuni 05:25larda noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani hududidan o‘tuvchi “Nukus-Aqmang‘it-Kegeyli” yo‘lida haydab ketayotib piyoda, Nukus tumanida yashagan 35 yoshli J.B.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Natijada piyoda J.B. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 1 iyul kuni vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Nukus tumanida yashovchi 34 yoshli T.A. “VAZ-2101” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
 

Kiritildi: 11:41 30.07.2019. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!