Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, Chimboy tumanida yashovchi fuqaro R. A. uch nafar farzandining voyaga yetguniga qadar ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyati belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinganidan so‘ng, davlat ijrochilari tomonidan zaruriy ijro harakatlari olib borildi.
Jarayon davomida javobgar R. A. farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini oldindan to‘lash istagini bildirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy summa 100 million so‘mni tashkil etgan.
Javobgar ushbu mablag‘ni shu joyning o‘zida sobiq turmush o‘rtog‘iga naqd shaklda topshirgan.