Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda 19 yoshli qiz cho‘kib ketishi mumkin edi

Qoraqalpog‘istonda 19 yoshli qiz cho‘kib ketishi mumkin edi

Joriy yilning 10 iyun kuni tungi soat 22.10 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul yo‘nalishida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, olingan xabarga ko‘ra ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, Nukus shahri hududi bo‘ylab o‘tgan “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan qizni suvdan qutqarib oldilar.

O‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan ushbu qiz, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Qorako‘z tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro U.T. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:04 11.06.2021. O'qildi: 1837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!