Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qoraqalpog‘iston va Toshkentning ikki tumanida injiq ob—xavo tufayli elektr uzilishlari kuzatilmoqda

Qoraqalpog‘iston va Toshkentning ikki tumanida injiq ob—xavo tufayli elektr uzilishlari kuzatilmoqda

Soat 19:00 holatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli ayrim elektr qurilmalarda nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Beruniy, Amudaryo, Chimboy, Qo‘ng‘irot va Kegeyli tumanlari iste’molchilari qisman (jami 3 750 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Shuningdek, soat 19:48 da Toshkent shahridagi 35 kVli «L-P-YU-2» kabel tarmog‘ida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.

Buning natijasida Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilari qisman (jami 1 250 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Kiritildi: 20:57 07.07.2024. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!