Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qorako‘z-investor, jigar-tadbirkor: Jizzaxdagi navbatdagi o‘yinlar

Qorako‘z-investor, jigar-tadbirkor: Jizzaxdagi navbatdagi o‘yinlar

Yangi davrda Jizzax viloyatida Rossiyaning AAA INVESTMENT COMPANY kompaniyasi ishtirokida qator loyihalar amalga oshira boshlandi. Masalan, hukumatning o‘tgan yil noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2020 — 2022 yillarda Jizzax viloyatining Zomin tumanida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investisiya loyihalarining manzilli ro‘yxatiga ko‘ra, mazkur kompaniya (90%) va jismoniy shaxs Saliyev Elbek Ergashevich ta’sischiligida tuzilgan AAA COMPANY MCHJ qo‘shma korxonasi Duoba qishloq fuqarolar yig‘ini hududida Turistik davolash-sog‘lomlashtirish majmuasi tashkil etishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun yer ajratish bo‘yicha allaqachon, 2019 yildayoq tuman hokimi qarori chiqarib qo‘yilgan. 

"Davletov.uz" telegram kanalining yozishicha, majmua qiymati 14 mlrd so‘m bo‘lib, 7 mlrd kompaniya hisobidan, 5 mlrd so‘mi Milliybank kreditlari hisobidan, 200 ming dollarlik chet el investisiyasi hisobidan amalga oshirilishi kerak. Bugina emas, kompaniya tumanda chorvachilik bilan bog‘liq yana bir loyihani amalga oshirishni niyat qilgan. Qo‘shma korxona ochilgan oyning o‘zidayoq tuman hokimi yer ajratish bo‘yicha qaror chiqarib bergan.

Mazkur korxona tomonidan Sharof Rashidov tumani, Uchtepa qishloq fuqarolar yig‘inida umumiy qiymati 13 milliard so‘m bo‘lgan loyiha amalga oshirilgan. OAVda e’lon qilingan reklama materialidan ma’lum bo‘lishicha, Milliybank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘i evaziga bouling markazi va 3D kinoteatr qurilib, zarur jihozlar xarid qilingan. 3D kinoteatr 2 ta zaldan iborat bo‘lib, har biri 50 ta tomoshabinni o‘z ichiga oladi.

Rossiyalik investor sifatida Jizzaxdagi bunyodkorliklarda ishtirok etayotgan AAA INVESTMENT COMPANY kompaniyasi, Rossiya ochiq ma’lumotlari portallariga ko‘ra, to‘laligicha Saliyev Shavkat Alibekovich ismli jismoniy shaxsga taalluqli. Kompaniya Rossiyada 2018 yil 20 fevralda 1 mln rubllik ustav fondi bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, mart oyida O‘zbekistonda AAA COMPANY MCHJ qo‘shma korxonasini ochishadi. AAA INVESTMENT COMPANY a.k.a Saliyev Shavkat Alibekovich, shuningdek, Saliyev Elbek Ergashevich bilan 2018 yil aprelida 90/10 ulushda METAN KOREA MCHJ qo‘shma korxonasini ham ochishgan. Aftidan amaki-jiyanning biznes hamkorligi uzoq davrlarga borib taqaladi. Ular 2011 yilda Forish tumanida FISH CO MCHJ qo‘shma korxonasini 99,5%/05% ulushida ochishgan. 

Darvoqe, Saliyev Elbek Ergashevich turar joy binolarini qurish bilan shug‘ullanadigan RISER SUN MCHJning ham chorak ulushiga egalik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatining amaldagi hokimi Saliyev Ergash Alibekovichdir.

Kiritildi: 08:58 23.02.2021. O'qildi: 2410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!