Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda “Qorako‘lchilik” uyushmasi huzurida Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi. Bu haqida 16 avgust kuni qabul qilingan 4420-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.

“Huquqiy axborot” portali xabariga ko‘ra, 2019–2023 yillarda qorako‘lchilik xo‘jaliklariga yetishtirib eksportga sotilgan har bir dona qorako‘l terisi uchun Davlat byudjetidan 50 ming so‘mdan va qorako‘lcha terisi uchun 75 ming so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilandi.

Qorako‘lchilik xom ashyolari asosida yaratiladigan immunitetni tiklovchi “Timoptin in’eksiyasi” va kamqonlikda qo‘llaniladigan “Eritim” preparatlarini ishlab chiqarish 10 baravargacha oshiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Navoiy viloyatida qorako‘l zotli qo‘ylarning sur rangi bo‘yicha, Qashqadaryo viloyatida qora va ko‘k rangi bo‘yicha yuqori elita sinfli nasldor qorako‘l qo‘ylar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan Ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalari tashkil etiladi.

Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Kiritildi: 21:15 18.08.2019. O'qildi: 2039 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!