Mel Gibsonning ozodlik uchun kurashgan sevimli qahramoni ortidan aktyor Kris Payn afsonaviy xalq qahramoni Uillyam Uollesning do‘sti, Shotlandiya qiroli Robert Bryusning rolini ijro etdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" nashri.
Rejissyor Devid Makkenzining “Qonundan tashqaridagi qirol” nomli tarixiy kinokartinasida Uillyam Uolles bilan yelkama-elka turib Angliya mustabidlari uchun kurash olib borgan Robert Bryusning qahramonliklari haqida so‘ylanadi.
Robert Bryus Shotlandiya ozodligi uchun suv va olovni kechib o‘tadi, shafqatsiz janglarda qahramonliklar ko‘rsatadi.
Filmda, shuningdek, Aaron Teylor-Jonson, Florens Pyu va Stiven Dilleyn ham ishtirok etgan.
Film 9 noyabrda katta ekranlarga chiqariladi.