Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Qonunchilikda chiqindi to‘lovini 12 oy uchun oldindan to‘lagan abonentlar tarif oshganda ham qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladi

Qonunchilikda chiqindi to‘lovini 12 oy uchun oldindan to‘lagan abonentlar tarif oshganda ham qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladi

O‘zbekistonda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning qisqa raqami orqali chiqindi to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan abonentlarga qarzdorlik qoplanmaguniga qadar elektr energiyasi uchun to‘lovni cheklash tizimi joriy etilayotganligi haqida SMS xabarnomalar yuborilishi boshlandi.

Mazkur masala yuzasidan muxbirimiz Ekologiya vazirligi mas’ullari bilan bog‘lanib, batafsil ma’lumot oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolarimiz orasida xonadondan chiqindi chiqmasligi, chiqindilar yoqib yuborilishi yoki yerga ko‘milishi kabi asossiz sabablarga ko‘ra maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish yoki kechiktirish holatlari ko‘plab uchramoqda. Buning oqibatida sanitar tozalash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun aholining debitor qarzdorligi keskin oshib, respublika miqiyosida jami 585 mlrd. so‘m miqdoriga yetdi. Aholida to‘lov intizomi darajasining pastligi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu muammoga yechim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024 yil 4 yanvardagi 5-sonli Farmoni bilan belgilab berildi.

Shu o‘rinda, sohada aholining to‘lov madaniyatini shakllantirishga doir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu borada, tegishli qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lib, jumladan, birinchi bosqichda viloyatlar markazlarining chiqindi xizmatlari uchun 6 oylik to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lgan abonentlariga SMS xabarnoma yuborilgan.

Shuningdek, 2024 yil uchun oldindan to‘liq to‘lovni amalga oshirgan abonentlarga to‘lov tariflari yil davomida oshirilgan taqdirda ham tariflardagi farqlar qo‘shib hisoblanmasligi kabi imtiyoz mavjudligi haqida ma’lumot berildi.

2024 yilning 1 aprelidan boshlab barcha kommunal xizmatlarda (tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti) jumladan, maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati to‘lovlari uchun ham tegishli qonun bilan QQS joriy etilganligi munosabati bilan xizmat tariflari QQS bilan birga undirilishi aytib o‘tildi.

Xususan, yuborilgan SMS xabarnomalardagi qarzdorlik miqdori bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda “1205” qisqa raqamiga og‘zagi ariza qoldirish va murojaatlar zudlik bilan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, aniqlangan holatlarga oydinlik kiritilishi eslatib o‘tildi.

Avvalroq, ushbu tizim 1-bosqichda 2024 yil 1 iyundan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 6 oylik qarzdorlik uchun;
2-bosqichda 2024 yil 1 noyabrdan respublikaning barcha hududlarida 3 oylik qarzdorlik uchun; 3-bosqichda 2025 yil 1 yanvardanoylik qarzdorlik uchun joriy etilishini xabar qilgan edik.

Kiritildi: 11:05 07.10.2024. O'qildi: 1210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!