🚘Ijtimoiy tarmoqda "Nexia 3" rusumli, davlat raqam belgisi yechib olingan, avtomobil haydovchisi harakat davomida, ruxsat etilmagan antenna o‘rnatib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.
📹Video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, ushbu "Nexia 3" rusumli, 01 P 903 QB davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi 2003 yilda tug‘ilgan D.CH. ekanligi aniqlandi, haydovchiga nisbatan qoidabuzarliklari yuzasidan o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, trasnport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.