Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Qohirada Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan maxfiy uchrashgan. Bu haqda Isroilning “Kanal 10” telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Qohiradagi uchrashuvga Isroil Bosh vazirini shaxsiy tan soqchisi kuzatib borgan.
Tomonlar G‘azo sektoridagi vaziyat, asirlikdagi harbiy xizmatchilarning ahvoli, G‘azodagi infrastrukturani tiklash, Falastin ma’muriyatining munosabatlari va boshqa Yaqin Sharqqa oid masalalar muhokama qilgan.
Misr prezidenti G‘azo sektoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun Falastin ma’muriyatining ushbu sektordagi majburiyatlarini bosqichma bosqich berish zarurligini aytib o‘tgan.
Abdulfattoh As-Sisining so‘zlariga ko‘ra, arab davlatlari Falastin prezidenti Mahmud Abbosga G‘azodagi vaziyatga oid masalalar bo‘yicha bosim o‘tkazishda davom etadi.
Ushbu uchrashuv BMTning Bosh assambleyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish doirasida amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin Davlati Tashqi ishlar va ekspatriantlar vaziri Riad al-Malkiy boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Manba: qalampir.uz